Pep Gvardiola: "Agar "Chelsi"ni mag'lub eta olmasak, hammasi tugashi mumkin"

Aslanov Jasurbek
12 apr 2026
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Chelsi"ga qarshi bo'lajak muhim bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Mutaxassis chempionlik poygasidagi vaziyatga real baho berdi.

"Arsenal" haqidagi gap-so'zlar? Agar biz "Stemford Bridj"da g'alaba qozona olmasak, vaziyat juda murakkablashadi. Hatto "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani o'tkazishga ham hojat qolmasligi mumkin, chunki hammasi tugaydi. Buni men ham, siz ham, futbolchilar ham - butun Angliya biladi. Oldinda o'yinlar ko'p, lekin biz barchasida g'alaba qozonishimiz shart. Durang haqida gap bo'lishi mumkin emas, buni shunchaki unuting.

"Arsenal" bilan oradagi 9 ochkolik farq - bu katta masofa. Ammo "Chelsi"ni safarda, "Arsenal"ni esa o'z uyimizda mag'lub etsak, albatta, imkoniyat paydo bo'ladi. Bizda doimo intilish va istak bor, biroq buning amalga oshishi haqida gapiradigan darajada sodda emasman", - dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, ayni damda "Arsenal" turnir jadvalida 9 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda, biroq "shaharliklar" ixtiyorida hali zaxiradagi ikkita o'yin mavjud. "Manchester Siti"ning "Chelsi"ga qarshi bahsi chempionlik taqdirini hal qiluvchi muhim qadamlardan biri bo'lishi kutilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru