

Bu haqda Opta Sports statistika portali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Xabi Alonso La Ligadagi ilk beshta o'yinda g'alaba qozongan "Real Madrid"ning uchinchi murabbiyiga aylandi. Bu muvaffaqiyatga avvalroq 1928/29 yilgi mavsumda Xose Quirante va 2004/05 yilgi mavsumda Vanderley Lyuksemburgo erishgan.
Ispaniya chempionatining dastlabki besh turidan keyin madridliklar 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Barselona”da 10 ta ochko va ular bitta o'yin kam o'tkazishgan.



