"Liverpul" ispaniyalik mutaxassis nomzodini o'rganmoqda

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026
Xabi Alonso joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Liverpul" boshqaruviga kelishi mumkin.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, mutaxassis va ingliz klubi o'rtasida hamkorlik bo'yicha dastlabki og'zaki kelishuvga erishilgan. Tomonlar 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Biroq bu rejaning amalga oshishi ko'p jihatdan amaldagi bosh murabbiy Arne Slot qo'l ostidagi natijalarga bog'liq bo'ladi. Qayd etilishicha, agar "qizillar" joriy mavsum UEFA Chempionlar Ligasini yutsa, kelishuv kuchga kirmasligi mumkin.

"Enfild" vakillari bilan Alonso atrofidagilar o'rtasidagi ilk muzokaralar noyabr oxiridayoq bo'lib o'tgan. O'shanda mersisaydliklar kelasi mavsumga ispaniyalik mutaxassisni taklif qilish variantini ko'rib chiqishni boshlagan.

Eslatib o'tamiz, Alonso yanvar o'rtasida "Real"dan iste'foga chiqarilgandi.

"Liverpul" chempionatning hozirgi qismida turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: OK Diario