Van der Sar Niderlandiyaga ko'chirildi, uning ahvoli barqaror

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023, 18:19
"Ayaks" sobiq bosh direktori Edvin van der Sarning rafiqasi Sara Annemari turmush o'rtog'ining ahvolini oshkor qildi.

"Edvin Xorvatiyadan ko'chirildi va hozirda Niderlandiyada intensiv terapiyada. Uning ahvoli o'zgarmagan: barqaror, hayot uchun xavfsiz holatda. Edvin intensiv terapiya bo'limida qolishi kerak, u yerda keyingi tekshiruvlardan o'tadi va oilamiz shundan so'ng uning tiklanishiga e'tibor qarata olishiga chin dildan umid qiladi", – dedi Sara Annemari.

7 iyul kuni 52 yoshli niderlandiyalik Xorvatiyadaligi paytida miyasiga qon quyilishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgandi. 2023 yilning may oyida mutaxassis "Ayaks" bosh direktori lavozimini tark etgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ajax.nl