"Ayaks" Zinchenkoning jarohati bo'yicha bayonot berdi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026
"Ayaks" o'zining rasmiy saytida himoyachi Aleksandr Zinchenkoning jarohatiga oid bayonot e'lon qildi.

Qayd etilishicha, tekshiruvlar tizzada jiddiy jarohat borligini va jarrohlik amaliyoti zarurligini ko'rsatgan. Zinchenko yaqin vaqt ichida operaciya qilinadi.

"Ayaks" 29 yoshli futbolchining aniq tiklanish muddatini aytmagan. Tiklanish jarayoni uzoq bo'lishi, Zinchenko uchun mavsum yakunlangani takidlangan.

Odatda bunday jarohatlardan keyin tiklanish kamida yarim yil vaqt oladi - bu ham eng optimistik holatda.

Ma'lumki, ukrainalik futbolchi dam olish kunlari jarohat olgan va "Fortuna"ga qarshi o'yin boshida almashtirilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ajax.nl