"Liverpul" "Manchester Yunayted" bilan "Ayaks" istedodi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
27 fev 2026
"Liverpul" va "Manchester Yunayted" 18 yoshli yarim himoyachi Shon Styorga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "TEAMtalk" xabar berdi.

Qayd etilishicha, klublar yosh istedodning o'yinini diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Shuningdek, futbolchiga "Arsenal" ham qiziqmoqda.

Shon Styor joriy mavsum 30 o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda xavbek 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 700 ming evro deb baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk