Rasman: Zinchenko "Ayaks" futbolchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
2 fev 2026
Himoyachi Aleksandr Zinchenko "Ayaks" safini to'ldirdi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, "Ayaks", "Arsenal" va Aleksandr Zinchenko Niderlandiya jamoasiga to'g'ridan-to'g'ri transfer bo'yicha kelishuvga erishgan.

29 yoshli ukrainalik futbolchi "Ayaks" bilan 2026 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Zinchenko Doneckning "Shaxtyor" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, u "Ufa", "Manchester Siti", PSV, "Arsenal" va "Nottingem Forrest" jamoalarida to'p tepgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com