Unai Emeri "Aston Villa"da "Chelsi" hujumchisini ko'rmoqchi

Alisher
31 mar 2025
"Aston Villa" "Chelsi"ning angliyalik vingeri Noni Maduekening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

London klubi bosslari futbolchini sotishga tobora ko'proq moyil bo'lib borayotgani aytilmoqda. Agar Maduekening kyetish ehtimoli bo'lsa, "Aston Villa" jon deb taklif bilan chiqadi.

"Chelsi" va Noni Mudueke 2023 yilda mehnat bitimi tuzgan. Ingliz "ko'klar" safida jami 74ta o'yin o'tkazib, ularda 17 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: GIVEMESPORT