

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Aston Villa" yosh hujumchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Birmingem klubi 18 yoshli senegallikni hujum chizig'i uchun istiqbolli qo'shimcha sifatida ko'rmoqda. Biroq Mbaening Parij grandi bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan, bu esa ehtimoliy muzokaralarni murakkablashtirishi mumkin.
Hujumchi ushbu mavsum Fransiya chempionatida 19 o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
U yaqinda Senegal bilan Afrika Millatlar Kubogida g'alaba qozongandi. Mutaxassislar uning hozirgi bozor qiymatini taxminan 25 million evro deb baholamoqda.



