"Liverpul" himoyachisi shartnomani uzaytirishni istamadi

Sherzod Nurmatov
2 apr 2026
U "Real"ga o'tishni o'ylamoqda.

Bugungi kunda "Liverpul"da o'ynayotgan Ibraima Konate yangi chaqiriqlarga tayyor.

"Diario AS"ning qayd etishicha, Konate allaqachon "Liverpul"ning shartnomani uzaytirish bo'yicha bir nechta takliflarini rad etgan va faoliyatini "Real"da davom ettirish niyatida. U Ispaniya grandidan taklif kutmoqda.

26 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 41 o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS