

Istanbulning "Bashakshehir" klubi safarda "Kayserispor" darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi.
O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodovlar bahsni "Bashakshehir" safida asosiy tarkibda boshlashdi. Shomurodov assist qayd etib, uchrashuvda to'liq ishtirok etgan bo'lsa, Fayzullaev 81 daqiqada almashtrildi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida Davi Zelke penaltidan unumli foydalanib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda mezbonlar himoyachisi Jivelekning baxtsiz hodisasi (avtogol) evaziga farq ikkitaga etdi.
Bahsning yakuniy nuqtasini esa zahiradan maydonga tushgan Da Kosta qo'ydi. 86-daqiqada Eldor Shomurodov raqib jarima maydonchasi ichida sovuqqonlik bilan to'pni jamoadoshiga etkazib berdi, Da Kosta esa imkoniyatdan foydalanib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi - 0:3!
Turkiya Superligasi. 19-tur
"KAYSERISPOR" - "BASHAKSHEHIR" 0:3
Gollar: 0:1 - 35' D. Selke (pen), 0:2 - 67' R. Jivelek (avtogol), 0:3 - 86' Da Kosta. Assist: Eldor Shomurodov (86).
"Bashakshehir": Shengezer, Duarte, Abbosbek Fayzullaev, Gyunesh, Harit, Kemen, Operi, Opoku J., Shahiner, Selke, Eldor Shomurodov.



