Turin klubi Kabakka qiziqmoqda

Alisher
24 avg 2021, 09:51
"Shalke" himoyachisi Ozan Kabak faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

21 yoshli turkiyalik futbolchi uchun "Torino" davogarlik qilmoqda, ammo nemis klubi turinliklarning ilk taklifini rad etdi.

Himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Liverpul"da o'tkazdi, ammo klub futbolchini xarid qilmadi.

Kabak Angliya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt uni 25 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia