"Tottenxem"ning ikki futbolchisiga xaridor bor

Mirjalol Normatov
11 iyul 2023, 21:51
"Galatasaroy" klubi "Tottenxem" himoyachisi Davinson Sanchesni sotib olmoqchi.

Turk klubi futbolchini sotib olish uchun 9 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Fabricio Romanoning yozishicha, klublar muzokaralar o'tkazishmoqda.

"Shporlar"da, shuningdek, Jovann Lo Chelso borasida ham taklif bor. Hozirda "Betis" futbolchi uchun kurashda favorit bo'lib turibdi.

Oldinroq klub Xarri Uinksni "Lester"ga sotish borasida kelishuvga erishgandi. Agarda yaxshi takliflar bo'lsa, "Tottenxem" muhim futbolchilarini sotib yuborishga qarshi emas.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano