"Tottenxem" "Kristal Pelas" forvardi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
31 dek 2020, 18:00
"Kristal Pelas" forvardi Vilfrid Zaa "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Shporlar" shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilish uchun Zaaning agenti Pini Zaxavi bilan aloqaga chiqishdi.

Eslatib o'tamiz, o'yinchi uchun shuningdek "Pari Sen-Jermen" klubi ham davogarlik qilmoqda.

Ivuarlik futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror