“Torino” murabbiyi ikki o'yinga diskvalifikaciya qilindi

7 fev 2018, 01:05
“Torino” bosh murabbiyi Valter Madzarri ikkita o'yinga jamoasini boshqara olmaydi.

“Sampdoriya”ga qarshi bellashuvda 56 yoshli mutaxasssis bosh hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Undan tashqari Madzarri 5000 evro miqdoridagi jarimaga ham tortildi.

U jamoasinining “Udineze” va “Yuventus”ga qarshi bellashuvlarini zaxira o'rindig'idan kuzata olmaydi.


Manba: Football Italia