Superliga. Kapadze "Navbahor"dagi debyutida Samarqandda "Dinamo"ni engdi

Iskandarov Abdulaziz
28 fev 2026
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Jamoalarning uchrashuvda ishtirok etadigan tarkiblari bilan tanishing. 

19:15. "Dinamo" – "Navbahor" 1:2 (TUGADI)

28.02.2026. "Dinamo" markaziy stadioni

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Ziyodullo Abdurahmonov, Abdulhamid Abduraimov

Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Zilola Rahmatova

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Firdavs Abdurahmonov (Azizbek Amonov) 4 1:0, Ruslan Jiyanov (penalti) 11, 1:1, Zabihillo O'rinboev 25, 1:2

"Dinamo": 1. Edem Nemanov, 5. Mahamadu Dembele, 6. Jahongir O'rozov, 7. Sanjar Qodirqulov (17. Salim Mustafaev, 56), 8. Azizbek Amonov ( 99. Ulug'bek Hoshimov,72) 10. Anvarjon Hojimirzaev (91. Bektemir Abdumannonov,72), 20. Jaloliddin Jumaboev, 21. Jahongirbek Abdusalomov, 37. Firdavs Abdurahmonov, 44. Kingsley Sarfo (16. Dramane Salou, 56), 97. Til Mavretich (4. Nurillo To'xtasinov,  56)

Zaxira: 13. Ravshanbek Yagudin, 11. Xislat Xalilov, 19. Mauro Brazil, 22. Ulug'bek Abdullaev, 

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 6. Shoxruhbek Abdurahmonov, 7. Ruslanbek Jiyanov (13. Benjemin Teydi,88), 9. Zabihillo O'rinboev (   28. Kati Katulondi,88), 17. Muhammadali G'iyosov (10. Shohmalik Komilov,72) , 20. Quvondiq Ro'ziev, 22. Umar Adhamzoda ( 5. Dilshod Komilov, 72), 23. Vanya Ilich ( 70. Abbosjon G'ulomov, 90+3), 34. Giorgi Jgeraniya, 44. Anri Chichinadze

Zaxira: 35. Valijon Rahimov, 4. Islombek Mamatkazin,8. Diyor Xolmatov,77. Muhammadali Usmonov

Ogohlantirish: Ulug'bek Hoshimov ("Dinamo") 79, Mahamadu Dembele ("Dinamo") 89

YANGILASH


90+4. Uchrashuv yakunlandi.

90+3. O'ZGARISH. "Navbahor", Vanya Ilich o'rniga Abbos G'ulomov tushdi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. OGOHLANTIRISH. Mahamadu Dembele, "Dinamo".

88. O'ZGARISH. "Navbahor", Zabihillo O'rinboev o'rniga Katulondi Kati, Ruslanbek Jiyanov o'rniga Benjemin Teydi tushdi.

85. ZARBA. Ruslan Jiyanovning zarbasini Nemanov qiyinchilik bilan qaytardi.

79. OGOHLANTIRISH. "Dinamo", Ulug'bek Hoshimov

77. ZARBA. Abdurahmonovning zarbasi ancha noaniq.

74. ZARBA. Jahongir Abdusalomovning zarbasini Yusupov qaytardi.

72. O'ZGARISH. "Dinamo", Anvar Hojimirzaev o'rniga Bektemir Abdumannonov, Aziz Amonov o'rniga Ulug'bek Hoshimov tushdi.

72. O'ZGARISH. "Navbahor", Muhammadali G'iyosov o'rniga Shohmalik Komilov, Umar Adhamzoda o'rniga Dilshod Komilov tushdi.

64. Ikki jamoaning ham hujumlari keskinlikkacha bormayapti.

57. Azizbek Amonov qulay imkoniyatdan foydalana olgani yo'q.

56. O'ZGARISH. "Dinamo", Til Mavretich o'rniga Nurillo To'xtasinov, Sanjar Qodirqulov o'rniga Salim Mustafoev, Kingsley Sarfo o'rniga Drmane Salou tushdi.

47. Maydonda tenglik kuzatilmoqda. Qaysidir jamoani yaqqol ustunligi bo'layotgani yo'q.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

35. Yana burchak zarbasidan so'ng mezbonlar himoyachilarida sarosima kuzatildi. Nemanov yaxshi harakat qildi.

28. ZARBA. Anvar Hojimirzaev jarima maydonchasi ichida kuchli zarba yo'lladi. To'p yo'liga Yusupov to'g'anoq bo'ldi.

25. GOL. Burchakdan zarbasidan so'ng "Dinamo" jarima maydonchasi ichida palapartishlik yuzaga keldi. Bundan "Navbahor" hujumchisi Zabihillo O'rinboev foydalanib gol urdi. "Lochinlar"dan kambek!

18. Jamoalar extiyotkorlikni saqlab qolyapti. 

15. Ikki jamoa ham to'p bilan ko'proq muomala qilishga harakat qilyapti.

11. GOL. Ruslan Jiyanov uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. Futbolchi nuqtadan zarba yo'llashda adashmadi. Nemanov to'p yo'nalishini topdi, lekin qaytara olmadi.

9. PENALTI. Temur To'xtasinov "Dinamo" darvozasiga penalti belgiladi. Nuqtada Umar Adhamzoda, lekin u Jiyanovga qoldirdi.

4 GOL. "Dinamo" uchrashuvda tezkor gol urdi. Jamoadoshi Amonovning faolligidan so'ng Firdavs Abdurahmonov raqib darvozasini ishg'ol qildi.

1. Anvar Hojimirzaevda qulay vaziyat yuzaga kelgandi. 

- O'yin boshlandi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia