Stanislav Andreev butsalarini mixga ildi

Sherzod Nurmatov
2 yanv 2026
"So'g'diyona" himoyachisi Stanislav Andreey faoliyatini yakunladi.

Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Abdulaziz Iskandarov ma'lumot berdi. 

"Stanislav Andreev butsalarini mixga ildi. Endilikda sobiq futbolchi "So'g'diyona" U-21 jamoasiga ustozlik qiladi", – deyiladi xabarda.

O'zbekiston terma jamoasi sobiq a'zosi faoliyati mobaynida "Paxtakor", "Metallurg" va "Navbahor" jamoalarida to'p tepgan. U O'zbekistonning 4 karra chempioni, O'zbekiston Kubogi 2 karra sohibi sanaladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/press_ball