

"Biz jarima maydonchasiga yetib borgunimizcha juda yaxshi o'ynadik. Men faqat ko'rganlarimdan kelib chiqib ayta olaman - biz ilk daqiqalardan oxirigacha ustunlik qildik. Bunday mag'lubiyat juda alamli, chunki bizda g'alaba qozonish uchun ko'plab imkoniyatlar bor edi.
Bu juda xafa qiladi. Bu ularning darvozaga yo'naltirilgan yagona zarbasi edi va o'sha paytda 10 kishi bo'lib qolgandik, ammo baribir yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi. Bu darajada, o'yinni qanchalik nazorat qilsangiz ham, bir soniya ham e'tiborni susaytirish kerak emas.
Har bir kichik xato bizga qarshi golga olib kelmoqda va bu o'zgarishi lozim", – dedi Rosenor.
"Chelsi" 33 o'yindan so'ng 48 ochko to'pladi va APL jadvalida 6-o'rinda bormoqda. Londonliklar Angliya chempionatida ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatni qabul qildi.



