Ronaldu: "Saudiya Arabistonida baxtliman, shu yerda qolishni istayman"

Alisher Ostonov
22 fev 2026
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 23-turidan o'rin olgan "Al Xazm"ga (4:0) qarshi o'yindan so'ng kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Men Saudiya Arabistonidaman. Bu yerda yashashni davom ettirmoqchiman. Bu meni, shuningdek, oilam va do'stlarimni iliq kutib olgan mamlakat. Men baxtliman va shu yerda qolishni istayman”, - dedi Ronaldu.

Avvalroq 41 yoshli portugaliyalik norozilik bildirgan holda jamoaning bir necha o'yinini o'tkazib yuborgandi. Xabar qilinishicha, Ronaldu Saudiya Arabistoni suveren fondi (PIF) tomonidan klubning boshqarilishidan norozi bo'lgan.

Ronaldu "Al Nassr" safida 2023 yilning yanvaridan buyon o'ynab kelmoqda. U bungacha "Manchester Yunayted”, "Yuventus”, "Real" va Lissabonning "Sporting" klublarida o'ynagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano