

"Bizda vaqt bor, klub men nima o'ylayotganimni biladi. Menga o'ylab ko'rish uchun vaqt kerak, bu ikki tomondan ham tushunarli. Hozir eng muhimi - bu mavsumda nimaga erishishni xohlashimizni tushunish. Men takliflar va kelajak haqida gapirishni istamayman. Hozir La Liga muhim. Keyin hamma narsani muhokama qilish mumkin", - dedi Levandovski.
Levandovski "Barselona"da 2022 yildan beri o'ynamoqda. O'yinchi bilan klub o'rtasidagi shartnoma 2027 yilgacha tuzilgan. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 40 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.



