Riberi jarimaga tortildi

Mirjalol Normatov
10 noya 2020, 22:26
"Fiorentina" hujumchisi Frank Riberi A Seriyaning 7-turi doirasida "Parma"ga qarshi o'yinda simulyaciya ishlatgani uchun jazolandi.

A Seriya tartib-intizom qo'mitasi fransiyalik futbolchini 2 ming evroga jarimaga tortdi.

Ushbu mavsumda 37 yoshli Riberi "Fiorentina" tarkibida barcha turnirlarda 6 o'yinda qatnashib, 2 golga assistentlik qildi.

Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal