Peres "Real Madrid" direktorlar kengashi vakillari bilan kelisha olmayapti

24 apr 2026, 08:30
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres joriy mavsum oxirida bosh murabbiy Alvaro Arbeloani ishdan bo'shatish niyatida.

Klub direktorlar kengashining bazi a'zolari Arbeloani o'z lavozimida saqlab qolish va unga o'zini isbotlash imkoniyatini berish tarafdori bo'lsa-da, Peresning poziciyasi aniq va o'zgarmasligicha qolmoqda. U yozda yangi murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Xorxe Pikon ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Alvaro Arbeloa yanvar oyining o'rtalarida Xabi Alonsoning o'rnini egallab, jamoani qabul qildi. Uning rahbarligida "Los Blancos" mos ravishda Ispaniya Qirol kubogi va UEFA Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi. La Ligada jamoaning chempionlikni qo'lga kiritish imkoniyati juda kam, ettita o'yin qolganida "Barselona"dan to'qqiz ochko ortda qolmoqda.


Manba: Marca