Florentino Peres Xabi Alonsoni oldinroq ishdan bo'shatmaganidan afsusda

Aslanov Jasurbek
22 apr 2026, 17:44
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres Xabi Alonso bilan bog'liq vaziyatda xato qilganini tan oldi.

"ABC" nashrining xabar berishicha, Peres murabbiyni ancha oldinroq lavozimidan ozod etishi kerak bo'lgan deb hisoblamoqda.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso 12 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan (2:3) so'ng iste'foga chiqarilgan edi. Peres aslida dekabr oyida "Selta"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) keyinroq murabbiyni bo'shatmoqchi bo'lgan, biroq bosh direktor Xose Anxel Sanches uni kutishga ko'ndirgan. Prezidentning fikricha, iste'foning kechikishi Alvaro Arbeloa uchun vaziyatni yanada qiyinlashtirgan.

Garchi Peres Arbeloaga minnatdorchilik bildirib, unga alohida hurmat bilan qarasa-da, Alvaro keyingi mavsumda jamoani boshqarmaydi. Peresning fikricha, na Alonso, na Arbeloa kutilgan natijani bera oldi. Prezident hozirgi tarkib top-murabbiy qo'l ostida ancha yaxshiroq o'yin ko'rsatishiga ishonib, yozda jamoaga yuqori darajadagi mutaxassis olib kelmoqchi.

Klubning transfer rejalari haqida:

Peres tarkibda inqilobiy o'zgarishlar qilish niyatida emas;

Mudofaa markazi, o'ng qanot va yarim himoya chizig'i kuchaytiriladi;

Niko Pas ("Komo") va Viktor Munos ("Osasuna") qayta sotib olinishi mumkin;

Endrik "Lion"dagi ijaradan qaytadi;

Franko Mastantuono ijaraga berilishi, Gonsalo Garsiya esa qayta sotib olish huquqi bilan sotilishi mumkin.

Ayni damda "Real" La Ligada 32 o'yindan so'ng 73 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda va bitta zaxira o'yiniga ega "Barselona"dan 6 ochko ortda qolmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ABC