"Real" Varanni ingliz klubiga sotmaydi

"Defensa Central" xabar berishicha, "Real" rahbariyati "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgan himoyachi Rafael Varanni jamoa safida saqlab qoladi.

"Shaharliklar" yozda mudofaa markazini fransiyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi edi, ammo "Qirollik klubi" rahbariyati Varan borasidagi takliflar hatto tinglab ham ko'rilmasligini bayon qilgan. "Real" Varanga ishonadi va u bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Varan Mbappening "Real"ga o'tishiga ishora qildi


Manba: Defensa Central