"Real" MYUning transfer maqsadini "ilib ketmoqchi"

Khoja
20 mar 2026
"Manchester Yunayted" "Nyukasl Yunayted" yarim himoyachisi va sardori Bruno Gimaraeshni taxminan 80 mln evroga sotib olish bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.

Ma'lumotga ko'ra, 28 yoshli futbolchining "qizil iblislar" safiga o'tishiga madridlik "Real" xalaqit berishi mumkin. "Qirollik klubi" Eduardu Kamavinga yozda kyetishi mumkinligi fonida Bruno Gimaraeshni diqqat bilan kuzatmoqda. Takidlanishicha, "Real" braziliyalik futbolchini 2022 yilda ham ko'rib chiqqan.

Joriy mavsumda Bruno Gimaraesh barcha turnirlarda 35 o'yinda ishtirok etib, 9 gol va 7 golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 75 mln evroga teng.


KhojaMuallif
Manba: Reuters