"Real" Eder Militaoni tanishtirdi

Alisher
10 iyul 2019
Madridning "Real" klubi yangi futbolchisi Eder Militaoni tanishtirdi.

"Real" yangi futbolchisini keng ommaga taqdim etmoqda.

21 yoshli himoyachi bungacha "Portu" sharafini himoya qilayotgan edi.

Militaoning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi yakunlangan mavsum Portugaliya chempionatida 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com