"Real" avtobusi yo'l-transport hodisasiga uchradi

Mirjalol Normatov
29 noya 2024, 02:28
"Liverpul"ga qarshi o'yindan keyin "Real" avtobusi yuk tashuvchi mashina bilan yo'l-transport hodisasiga uchradi.

Jamoa bu vaqtda Mersisayddan qaytayotgan bo'lgan. Yo'lda jamoa futbolchilari o'tirgan klub avtobusi yuk tashuvchi mashina bilan to'qnashgan. Hodisa oqibatida avtobusning old farasi singan.

Jiddiy shikastlangan va yaradorlar bo'lmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: beIN