"Real" APLdan forvard xarid qilmoqchi

Alisher
12 yanv 2025, 11:05
"Real" "Aston Villa"ning kolumbiyalik forvardi Jon Duran bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Angliya klubi o'z yetakchisi uchun narx o'rnatdi. Birmingemliklar o'z hujumchilari uchun kamida 85 mln evro so'rashmoqda.

Futbolchining o'zi faoliyatini faqatgina ikki klubda davom ettirishni xohlaydi. Gap "Bavariya" va "Real" haqida bormoqda. Duranni Angliyada "Liverpul" o'ziga jalb qiladi.

Jon Duran joriy mavsum "Aston Villa" tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes