Rasman: Sadio Mane Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2022, 07:19
Sadio Mane Afrikada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi Marokashda o'tkazilgan marosimda sovrinni qabul qilib oldi. 

Bu yil "Bavariya"ga ko'chib o'tgan Manega eng yaxshi bo'lish uchun uning sobiq jamoadoshi Muhammad Salah (Misr) va "Chelsi" darvozaboni Eduar Mendi (Senegal) raqobat ko'rsatgandi. 

Mane o'tgan mavsumda "Liverpul" bilan Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogida g'alaba qozondi. Shuningdek, Chempionlar ligasida finalgacha yetib borib, APLda ikkinchi o'rinni egalladi. 

Senegal bilan birga Afrika Kubogida g'alaba qozondi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia