

Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) final bahsi vaqtida Senegal futbolchilari maydonni tark etgani sababli ularga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yozdi va chempionlikni Marokash terma jamoasiga topshirishga qaror qildi.
Bunga javoban Niakate o'zining Instagram sahifasidagi storisida medal va kubok bilan tushgan suratini joyladi va shunday izoh qoldirdi:
"Kelib, bularni olib ketinglar. Ular aqldan ozibdi!"
(Ma'lumot uchun, bu Sparta shohi Leonidning jang oldidan qurol topshirishni so'ragan forslarga qarata aytgan mashhur gapiga ishora bo'lishi mumkin).
Shuningdek, himoyachi taqdirlash marosimidan olingan yana bir suratni joylab, unga: "Bu suniy intellekt emas, bu haqiqat", deya qo'shimcha qilgan.





