

"Lion" "Real" hujumchisi Endrikni ijaraga olganini rasman ma'lum qildi. Ijara shartnomasi mavsum oxirigacha tuzilgan. Bitim summasi 1 million evroni tashkil etdi. Bundan oldin xabar qilinganidek, "Lion" Endrik maoshining 50 foizini to'lashni o'z zimmasiga oladi.
Endrik 29 dekabr kuni jamoaga qo'shilishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Endrik La Liganing faqat bitta o'yinida ishtirok etib, maydonda atigi 11 daqiqa to'p surgan.



