Rasman: "Changchun Yatay" Samvel Babayanni iste'foga chiqardi

Alisher
5 okt 2020, 17:24
O'zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayan "Changchun Yatay"dan ketdi.

Bu haqda klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. Babayan jamoani o'tgan yilning dekabr oyidan beri boshqarib kelayotgandi.

"Changchun Yatay" quyi diviziondagi "C" guruhida 7 turdan so'ng 14 ochko (4 g'alaba, 2 durang va bir mag'lubiyat) jamg'argan holda 2-o'rinda borayotgan edi.

Jamoani endilikda Chen Yan boshqarib boradi. 

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, ushbu iste'fo natijalar bilan bog'liq emas. Yaqin vaqt ichida Samvel Babayan championat.asia saytiga intervyu berishga rozilik bildirdi.



AlisherMuallif
Manba: weibo.com/yataifc