Narzulla Saydullaev: "Samvel Babayanning keyingi taqdiri ertaga aniq bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
8 apr 2026
Kecha Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mag'lub bo'lgan "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishdan ketdi degan xabarlar tarqaldi.

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lumotiga ko'ra, kecha Andijon viloyati hokimi jamoa kiyim almashtirish xonasiga kirmagan va murabbiy bilan bu borada gaplashmagan. Kechagi bahsdan keyin "Andijon" jamoasi a'zolari bugun dam olishgan. Ertaga futbolchilar 7-turga tayyorgarlikni boshlashadi. Katta ehtimol bilan aynan ertaga, 9 aprel kuni Samvel Babayanning keyingi taqdiri hal bo'ladi.

Ma'lumot uchun, "Andijon" bu yil Babayan qo'l ostida 6 ta o'yin o'tkazib 4 marta mag'lub bo'ldi va 2 ta g'alabaga erishdi. Yil avvalida viloyat hokimi tomonidan "Andijon" jamoasi oldiga minimum uchinchi o'rinni egallash vazifasi qo'yilgan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia