Rasman: “Atletiko” himoyachisi “Bayer”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
24 sen 2020, 21:20
“Matraschilar” a'zosi Santyago Arias ijara shartnomasi asosida mavsum oxirigacha “Bayer”da harakat qiladi.

Nemis klubi futbolchi sotib olish huquqini ham qo'lga kiritdi. Avvalroq, 28 yoshli himoyachiga “Everton” qiziqayotgani xabar berilgandi. Santyago yangi jamoasida 2-raqam ostida harakat qiladi.

Arias o'tgan mavsum La Ligada 14 o'yinda qatnashib, bitta golga hammuallif bo'lgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/bayer04_es