"Barselona" Amazon bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
8 fev 2022, 20:35
Kataloniya klubi Amazon bilan Barca TV+ni Amazon Fire TVning SmartTV-pristavkasida ko'rsatish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Amazon media pleeri Android TV va Apple TV ni o'z ichiga olgan ro'yxatga qo'shildi va u Barca TV+ ilovasi bilan har qanday ananaviy televizorda foydalanish uchun yuklab olinadigan uchinchi qurilmaga aylandi.

"Barsa" muxlislari endi barcha asosiy media pleerlar orqali 24/7 kun davomida eksklyuziv seriallar, hujjatli filmlar va jonli efirlarni tomosha qilishlari mumkin.

Shuningdek, ular klub veb-saytida va istalgan standart qurilma (kompyuter, planshet yoki mobil telefon)da ilova orqali yuqoridagilarning barchasini tomosha qilish imkoniyatiga ega.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com