Deku Reshfordni "Barselona"da qoldirmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
24 apr 2026, 15:10
"Barselona" sport direktori Deku yozda vinger Markus Reshfordni klubda saqlab qolishdan ko'ra 30 million evroga boshqasini sotib olishni afzal ko'radi.

28 yoshli angliyalik futbolchi 2025 yil iyul oyida "Manchester Yunayted"dan ijara asosida "Barselona"ga o'tgan. U Ispaniya klubi safida barcha musobaqalarda 44 o'yinda 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt futbolchining qiymatini 40 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Cadena SER