La Liga. "Barselona" mehmonda "Xetafe"ni mag'lub etib, "Real" bilan farqni 11 ochkoga etkazdi

25 apr 2026, 21:05
La Liga 32-tur doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

“Xetafe” - “Barselona” 0:2

Gollar: 45 - Fermin Lopes, 74 - Markus Rashford

“Xetafe”: 13. David Soriya, 15. Sebastyan Boselli (17. Kiko Femeniya, 46’), 2. Jene (3. Abdelkadir Abkar, 76’), 21. Xuan Iglesias, 22. Domingush Duarte, 26. Davinchi (18. Aleks Sankris, 76’), 20. Velko Birmanchevich (19. Luis Vaskes, 46’), 5. Luis Milya, 8. Mauro Arambarri, 6. Mario Martin, 10. Martin Satriano.

Zaxira: 1. Irji Letachek, 41. Xorxe Montes, 16. Diego Riko, 12. Allan Nom, 14. Xaver Munos, 44. Adrian Rikelme, 11. Abu Kamara, 23. Adrian Liso.

“Barselona”: 13. Joan Garsiya, 23. Jyul Kunde (4. Ronald Arauxo, 60’), 5. Pau Kubarsi, 18. Xerard Martin, 2. Joau Kanselu, 8. Pedri (17. Mark Kasado, 88’), 19. Runi Barji (14. Markus Rashford, 60’), 16. Fermin Lopes (3. Aleks Balde, 82’), 20. Dani Olmo, 6. Gavi (21. Frenki de Yong, 60’), 9. Robert Levandovski.

Zaxira: 25. Voycex SHHensni, 33. Eder Aler, 42. Xavi Espart, 29. Alvaro Korte, 43. Tommi Markes, 7. Ferran Torres.

Ogohlantirishlar: 20 - Jyul Kunde, 39 - Gavi, 63 - Jene, 87 - Mario Martin

90+4. O'yin yakunlandi.

90+3. Kanseluning Kasadoga bergan uzatmasini Mark darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

81. Martin Satriano havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq ketdi.

75. Kataloniyaliklar masalani hal qildi, buyog'iga maydon egalari shunchaki hisobni yiriklashtirmaslik uchun intilsa kerak.

gettyimages-2273089250-2048x2048.jpg

74. GOL! Rashford hisobni ikkitaga oshirdi! Levandovski o'z darvozasi oldidan uzatma bilan Reshfordni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi va Markus gol urdi!

73. Zo'r vaziyat! “Xetafe” hisobni tenglashtirishi mumkin edi… jarima maydonchasi ichiga etkazib berilgan to'pga yakuniy zarbani berolmadi hech kim…

72. Olmodan zarba! Kuchli, lekin noaniq bo'ldi.

68. Fermin Lopes jarima maydonchasiga kirib borib darvozaga zarba berdi, to'p darvozaning tashqi tomon to'riga tegdi.

64. Havolatib uzatilgan to'pni Martin bosh bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon ushlab oldi.

60. Qanday qilib? Levandovski birga-bir vaziyatga chiqdi, to'pni Olmoga uzatdi, uning zarbasini darvozabon qaytardi…

53. Kundening zarbasi noaniq bo'ldi.

51. Olmoning darvoza tomon bergan zarbasi xavfli, aniq bo'ldi, darvozabon qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

gettyimages-2272436962-2048x2048.jpg

45. GOL! Fermin hisobni ochdi! Pedrining zargarona uzatmasidan keyin Lopes birga-bir vaziyatga chiqib bordi va gol urdi!

39. Duartening bilan bergan zarbasini Garsiya ushlab oldi.

36. Runi Barjining zarbasi birozgina noaniq bo'ldi. Ammo ancha xavfli edi…

30. Uchrashuvning o'ta zerikarli yarim soati o'tdi, hamon aytarli vaziyat ko'rmadik.

28. Yana Leva: bu safar jarima zarbasidan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba berdi, ammo darvozagacha bormadi to'p.

19. Leva uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'llay olmadi. 

15. O'yinda temp yuqori emas, o'tgan vaqt davomida xavfli vaziyat ko'rmadik.

4. Levandovski havolatib uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

1. Dastlabki daqiqadanoq maydon egalari faol, jamoa hujumga intilmoqda.

🕛 1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liga 32-tur doirasidagi “Xetafe” - “Barselona” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz.


Manba: championat.asia