

Postekoglu 2023 yilda "shporlar" bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgandi va u o'tgan mavsumda jamoasi bilan Yevropa ligasi sovrinini qo'lga kiritdi.
"Ha, bu yaxshi holat emasdi. Biroq bu men uchun sovg'a bo'lmadi. Finalga qadar ham buning amalga oshishini bilardim.
G'alaba qozondik, parad bo'ldi. Uch kunni yaxshi o'tkazdik, tushkunlikka tushmaslikka harakat qildim. Biroq barchasi yakunlanganini bilardim. Holatdan zavq olish uchun vaqtim bor edi.
"Tottenxem" muxlislarini qiyin davrlarga solib qo'ydik. Lekin men hech qachon meni quchoqlab, kechki ovqatga taklif qilishni istamagan "Tottenxem" muxlisini uchratmaganman, shuning uchun men to'g'ri ish qilgan bo'lsam kerak!
Ammo biz barchamiz shu yo'lda ishlayapmiz. O'z ishimdan va erishganlarimizdan mamnunman. Bu holat mening yuragimdan joy oladi", - dedi murabbiy.



