

Uchrashuv monegasklarning yirik hisobdagi (1:4) mag'lubiyati bilan yakunlandi.
32 yoshli Pogba 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Oxirgi marta Pogba "Yuventus" safida 2023 yil 3 sentyabr kuni rasmiy uchrashuvda maydonga tushgandi. Oradan 811 kun o'tib, futbolchi yana maydonga qaytdi.

Eslatib o'tamiz, "Monako" keyingi o'yinini YCHL umumiy bosqich doirasida 26 noyabr kuni "Pafos"ga qarshi o'tkazadi.



