"Monako" Pogbani tarkibdan chiqardi

Sherzod Nurmatov
5 fev 2026
Yarim himoyachi Pol Pogba "Monako"ga Chempionlar Ligasi o'yinlarida yordam bera olmaydi. Fransiyalik futbolchi jamoaning evrokubok bahslari uchun qaydnomasiga kiritilmadi.

Bu haqda "RMC Sport" xabar bermoqda.

Klubda vaziyat futbolchining jismoniy holati bilan bog'liq ekani tasdiqlandi. "Monako" sport direktori Tyago Skuroning aytishicha, hozir asosiy vazifa - tibbiy shtab bilan birga echim topish.

"Butun tibbiy bo'lim e'tibori echim qidirishga qaratilgan. Hali vaziyat tafsilotlarini aniqlash jarayonini ishlab chiqish kerak. Har qanday jarohatda bo'lgani kabi birinchi qadam - maydonga qaytish, keyin esa kerakli jismoniy holatni tiklash uchun mashg'ulotlarni davom ettirish. U qachon yana to'liq mashq qila oladi? Bu savolga hozir aniq javob yo'q", – dedi Skuro.

Eslatib o'tamiz, Pogba 2025 yilning yozida diskvalifikaciyasi yakunlangach, erkin agent sifatida "Monako"ga qo'shilgandi. 31 yoshli xavbek joriy mavsum Liga 1 doirasida bor-yo'g'i 3 o'yin o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport