O'zbekiston Superkubogi mart oyida bo'lib o'tadi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2026, 19:50
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, 2026 yilgi O'zbekiston Superkubogi uchun bahs 15 mart kuni bo'ladi. 

Unda mamlakat chempioni "Neftchi" O'zbekiston Kubogi sohibi "Paxtakor" bilan ro'baro' keladi. 

2025 yilgi Superkubokda 2024 yilgi mavsum chempioni "Nasaf" Kubok g'olibi "Andijon" bilan to'qnash kelib, 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia