O'zbekiston milliy terma jamoasi Armaniston klubiga yutqazdi
Aslanov Jasurbek
11 fev 2017, 23:31
Turkiyada yig'inni davom ettirayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari bugun ikkinchi nazorat uchrashuvini Armanistonning “Alashkert” klubiga qarshi o'tkazishdi.
Uchrashuvda Aram Voskanyan murabbiyligida “Alashkert” jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarni Dmitriy Xovbosh va serbiyalik Urosh Nenadovich kiritishdi.