"Nyukasl"ni ikki futbolchi tark etdi

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2023, 16:30
"Nyukasl" rasmiy saytida yarim himoyachi Metti Longstaff va himoyachi Kiran Klark bilan xayrlashdi.

Shu bilan birga, Longstaff o'tgan yilning dekabr oyida olgan tizzasi jarohatini davolashni davom ettiradi.

33 yoshli Klark 2016 yildan beri "Nyukasl"da to'p tepadi. Jamoa safida 129 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

23 yoshli Longstaff klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "hakkalar" uchun 20 ta o'yinda qatnashib, 3 ta to'p kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Keepup