Noyer "Bavariya"da qoladimi?

Alisher
12 yanv 2025, 21:37
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer faoliyatini Myunxen klubida davom ettirmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

U yaqin vaqtlarda jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi.

"Tez orada "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzolayman", - dedi Noyer.

Darvozabon 2011 yildan beri "Bavariya"da o'ynaydi.

Noyer joriy mavsum barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 13ta to'p olib chiqdi va 13ta "quruq" o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport1