Nodir Eliboev: "Barcha finalni intiqlik bilan kutmoqda"

Sherzod Nurmatov
28 may 2025
Xabaringiz bor, 2 iyun sanasida futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bosh sovrin uchun BMB hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi. 

Mazkur bahs oldidan BMB jamoasi ustozi Nodir Eliboev fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Tayyorgarlik jarayoni yaxshi ketmoqda. Hal qiluvchi bahsga astoydil tayyorlanyapmiz. Jarohatlanganlar bor, lekin boshqa o'yinchilarimiz ularning yo'qligini bildirmaslikka harakat qiladi. Barcha finalni intiqlik bilan kutmoqda. Jamoadagilarning kayfiyati a'lo, ajoyib ichki muhit hukmronlik qilmoqda. Nasib qilsa, g'alaba biz tomonda bo'ladi.

Final uchrashuvidan eng avvalo muxlislar anshlagini kutyapman. Ishqibozlar bilan to'la arenada o'ynash, sportchilarga o'zgacha ishtiyoq bag'ishlaydi. Raqibni hurmat qilamiz, "Oil Star" yurtimizning kuchli jamoalaridan biri. Biroq biz ulardan qo'rqmaymiz va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", – dedi Eliboev.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футзал федерацияси матбуот хизмати