

Jumladan, "Neftchi" futbol klubi o'quv-yig'in mashg'ulotlarining birinchi bosqichini Turkiyada o'tkazadi. Jamoa a'zolari 3 yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent–Antaliya aviayo'nalishi orqali Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketadi.
Mazkur yig'in jarayonida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, taktik va texnik tayyorgarlikni oshirish, shuningdek, yangi mavsum oldidan jamoaviy o'yinni shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi.
O'quv-yig'in mashg'ulotlariga jalb etilgan jamoa a'zolari:
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
Murabbiylar: Yurgen Gyode, Antonio Sarioglu, Vitaliy Galat, Fakunda Stik
Selekcioner: Anvar Berdiev
Matbuot kotibi: Saidafzal Abdullaev
Jamoa shifokori: Muhiddin Mirzaev
Fizioterapevt: Javohir Elmurodov
Uqalovchilar: Ulug'bek Hamdamov, Sanjar Saidov
Mamurlar: Aybek Aliev, Abduvali Yo'ldashev
Analitik GPS: Xushnud Bahromov
Tarjimon: Nurullo Subhonov
Darvozabonlar:
Akbar To'raev, Botirali Ergashev, Ibrohim Shokirov.
Himoyachilar:
Muhsin Ubaydullaev, Anvar G'ofurov, Izzatillo Po'latov, IbrohimHalil Yo'ldoshev,
Muhammadqodir Rasuljonov, Mo'minxon Bahodirxonov, Nurmuhammad Abdug'aniev.
Yarim himoyachilar:
Abror Ismoilov, Ikrom Aliboev, Jamshid Iskanderov, Alisher Odilov,
Xurshid G'iyosov, Farhod Sohibjonov, Daler Tuxsanov, Azizbek Erimbetov.
Hujumchilar:
Nurbek Sarsenbaev, Azizbek Muratov.
Shuningdek, legioner futbolchilar Boyan Ciger, Yovan Jokich, Vladimir Yovovich va Zoran Marushich Belgrad–Antaliya yo'nalishi orqali, Jurani Ferreyra (Ratino) Goias–Antaliya yo'nalishi orqali, Silvanus Nimeli esa Liberiyadan jamoa qarorgohiga yetib keladi. Jamoaning tajribali himoyachisi Farruh Sayfiev ma'lum sabablarga ko'ra yig'inga 7 yanvardan qo'shiladi.
Jamoaning yana ikki futbolchisi - Asilbek Jumaev va Rustambek Fomin ayni paytda O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan BAAda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazmoqda. Ularni yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi uchrashuvlari kutib turgani bois, mazkur musobaqa yakunlanganidan so'ng jamoa safiga qo'shilishlari rejalashtirilgan.




