🔴🔴🔴 Superliga. "Neftchi" – "Nasaf" 1:0 (matnli translyatsiya)

Superliga 8-turidan joy olgan "Neftchi" hamda "Nasaf" o'rtasidagi bahs davom etmoqda.

Superliga

8-tur

"Neftchi" – "Nasaf" 1:0 (LIVE)

Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 18:00

Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Husan Xudoyberdiev, Abdurashid Erkinov

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Shohruh Said

Gol: Yovan Jokich 17, 1:0

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abrorbek Ismoilov, 10. Jamshid Iskanderov, 18. Stipe Perica, 20. Anvarjon G'ofurov, 22. Alisher Odilov, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Ratino

Zaxira: 45. Akbar To'raev, 2. Izzatillo Po'latov, 8. Vladimir Yovovich, 9. Xurshid G'iyosov, 11. Asilbek Jumaev, 14. Daler Tuxsanov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev, 30. Rustambek Fomin, 32. Zoran Marushich

"Nasaf": 21. Samandar Muratbaev, 4. Akramjon Komilov, 5. G'olib G'aybullaev, 6. Sardorbek Bahromov, 7. Adenis Shala, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 10. Bobir Abdixoliqov, 15. Oybek Rustamov, 17. Murodbek Rahmatov, 22. Diyorbek Abdunazarov, 32. Quvonchbek Xushvaqtov.

Zaxira: 82. Asilbek Numonov, 14. Sharof Muhitdinov, 20. Yusuf Otubanjo, 23. Dilshod Murtazaev, 27. Yashnarbek Berdirahmonov, 33. Bahodir Halilov, 76. Zafar Sadullaev, 80. Davronbek Usmonov, 99. Kingsley Sokari

MATNLI TRANSLYATSIYA

34. ZARBA. Ibrohimhalil Yo'ldoshevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

32. O'yinda temp ko'tarildi. Shiddat yuqori.

31. ZARBA. “Neftchi” futbolchisining uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

28. Botirali Ergashev ketma-ket 2 ta seyv amalga oshirdi. Mehmonlar xavfli hujum tashkil qilgandi.

20. Goldan keyin “Nasaf” ham faollikni oshirdi. Ammo bundan samara chiqara olmadi.

17. GOL. “Neftchi” uchrashuvda hisobni ochdi. Sayfievning uzatmasini Muratbaev urib yubordi, qaytgan to'pni Jokich darvozaga mixlab qo'ydi. Farruh Sayfiev bu yerda katta hajmdagi ishni qilib berdi.

13. Mezbonlardan ketma ket uzatmalar. Yakun yo'q.

12. “Neftchi” “Nasaf” jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratishga urinib ko'rdi. Abror Ismoilovning uzatmasini Zafarmurod maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

8. O'yin davom etadi. Gol hisobga olingani yo'q.

7. Nasibullaev VAR bilan gaplashmoqda.

6. GOL. Botirali Ergashevning noto'g'ri chiqib kelishidan so'ng Shala bo'sh darvozani ishg'ol qildi. Lekin hakam golni hisobga olmadi. O'yindan tashqari holat.

3. Ro'ziqul Berdiev diskvalifikaciya sababli o'yinni tribunadan kuzatmoqda. Uning o'rnida Shuhrat Toshpo'latov.

2. “Istiqlol” stadionida maydon maysasi shunchaki ajoyib. To'p yaxshi harakatlanyapti.

1. Ilk daqiqalardan mezbonlar ustunlikni qo'lga olishga intilyapti.

  • Jamoalar maydonga chiqib keldi. O'yin boshlanishiga barcha narsa shay.

  • Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.


Manba: championat.asia