Navbahor yetakchilaridan biri Neftchiga o'tdi

Khoja
8 dek 2024, 08:13
Navbahorning asosiy futbolchisi Yovan Jokich faoliyatini Farg'ona jamoasida davom ettiradi.

Bu haqida Narzulla Saydullaev ma'lum qildi. Serbiyalik futbolchi Neftchi klubi bilan kelishuvga erishgan.

Ma'lumot uchun, Jokich O'zbekistondagi faoliyatini OKMKda boshlagan. U 2022 yilning boshidan beri Navbahor safida harakat qilayotgandi. Joriy mavsum serbiyalik futbolchi 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia