

Bu haqida Narzulla Saydullaev ma'lum qildi. Serbiyalik futbolchi Neftchi klubi bilan kelishuvga erishgan.
Ma'lumot uchun, Jokich O'zbekistondagi faoliyatini OKMKda boshlagan. U 2022 yilning boshidan beri Navbahor safida harakat qilayotgandi. Joriy mavsum serbiyalik futbolchi 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.



