

- Istalgan odam bu o'yinni ko'rsa, ha ikki gol urib, oson yutibdi deyish mumkin. Bu o'yinni taxlil qilish qiyin. Jamoamdan minnatdorman. Ular yaxshi kurashishdi. Bizga shunchaki vaziyatlardan foydalanish yetishmayapti. Bu borada ishlashimiz kerak. Bunda odam ham kerak. Lekin o'yin bobida ko'plab ijobiy holatlarni ko'rdim. Bularning ichida faqatgina natija qoniqarli bo'lmadi.
- "Navbahor" ikki gol urib olgandan keyin e'tiborni himoyaga qaratdi. Tabiiyki "Lokomotiv" hujumkorlikni oshirdi. Menimcha bugun jamoa hech bo'lmaganda bir golga loyiq edi. Bu gol uchun nima yetishmadi?
- Mashg'ulotda gol ursangiz, bu o'yinda ham bo'ladi degani emas. Menga himoyadagi to'p bilan o'yinimiz maqul kelgan bo'lsa, to'psiz o'yinimiz yoqmadi. Ikkita xatoga yo'l qo'ydik va bu o'yin taqdirini hal qildi. Bu o'yinning boshidayoq bo'lgani afsuslanarli holat. "Navbahor" futbolchilarida tezlik bor va ular bundan foydalanishlari kerak. Balki bu bazan zararga ham ishlashi mumkin. Ular har bir o'yinning boshlanishini shunday o'tkazishmoqda. O'zimizga keladigan bo'lsak, biz to'pni ushlab turish orqali o'yinni nazorat qilishni istaymiz. Raqib himoyaga yotib olar ekan, bu bizga qiyinchilik tug'diradi. Bu holatni ham ko'rib chiqish kerak.
- Penalti haqida nima deya olasiz?
- Buni o'sha paytda ko'rmadim, lekin o'yindan keyin ko'rib chiqamiz dedik. Futbolchimizning aytishicha, bu juda kichik vaziyat va ko'p holatlarda bunga penalti berilmaydi. Hakam ushbu holatda 100 foiz aniq qaror chiqaradi deb o'ylagandim.

- Siz o'z vaqtida Timur Kapadzega murabbiylik qilgansiz. Uni Siz o'z ramziy jamoangizga ham kiritgansiz. Kapadzening futbolchilik va murabbiylik salohiyatini qanday baholaysiz?
- Timur futbolchiligidayoq murabbiy edi. O'sha paytlarda ham mening oldimga kelib, ko'p holatlarda men bilan bahslashardi. O'shanda unga murabbiy bo'lsang, bemalol shunday qilaver degandim. O'yingacha ham o'ziga yarasha taktikalar qilardi. Uning murabbiylik salohiyatini natijalardan bilish mumkin. Biroq jamoaning ichida qanday ishlayotganini bilmayman. Uning jamoalari yomon emas. "Olimpik" yaxshi jamoa edi, terma jamoa ham chiroyli o'yin namoyish qildi. U o'z ishini yaxshi biladi. Timurga keyingi faoliyatiga omad tilayman.
- Islombek Baratov va Muhriddin Zoirovga etarlicha o'yin amaliyoti berilmayapti.
- Zoirovda hali o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat va vaqt etarlicha. Oldimizda ikkita vazifa bor: jamoa yaxshi natijalar qayd etishi kerak, jamoa oldinga qadam tashlashi kerak. Bunda yosh futbolchilarning ham o'rni katta. Biror futbolchi boshqa joyga borib, birdaniga o'zi istagandek o'yin ko'rsata olmaydi. Chunki eski jamoasida u boshqacha o'yin uslubida o'ynagan. Muhriddin Zoirov haqida o'tgan hafta gapirdim. Temurxo'ja Abduxoliqov hozir yaxshi holatda va uni nega almashtirishim kerak. Baratov esa bungacha "Mashal"da o'ynadi. Hozir uslub boshqacha va bu uning uchun qiyinchilik tug'dirmoqda. Islom - yaxshi futbolchi, uning o'yini menga yoqdi. Shunchaki bizda hozir uning joyi uchun boshqa variantlar bor.
- "Bunyodkor" bilan derbidan keyin Abdulloh Yo'ldoshev bilan holat haqida gapirsangiz. Bu jamoaning boshqa futbolchilariga qanday ta’sir o'tkazdi?
- Uning kayfiyati juda yaxshi. Murabbiylar shtabi va rahbariyat futbolchi bilan gaplashib oldik. Yosh futbolchilar, ularda bunday qiziqqonlik bo'lib turadi. Shunchaki bu holatga boshqa shahslar ham aralashib ketgan. Ikki yosh yigit tortishib qolsa, buni tushunsa bo'ladi. Lekin bunga yoshi kattalar aralashsa, buni assotsiatsiya ko'rib chiqishi kerak. Bu aslida chiroyli holat emas. Lekin yoshi kattalarning aralashgani ham ishni hunuklashtirgan. Bunday bo'lishi kerak emasdi. Ikki futbolchi ham o'ziga yarasha dars olgan. Futbol ham oila kabi. Bunda ham xatolar bo'lib turadi. Muhimi - bu xatodan hulosa chiqarish. Umid qilamanki, u bundan hulosa olgan.



